29 iyu 13:40
Yangiliklar
Boks/MMA
Dana Uayt: "Bu uning UFC'dagi so'nggi jangi edi"
Asli dog'istonlik, hozirda Buyuk Britaniya sharafini himoya qilayotgan MMA jangchisi Muhammad Mokaev UFC'dan ketishi mumkin.
Buni tashkilot rahbari Dana Uayt ham tasdiqladi.
"Bu Mokaevning UFC'dagi so'nggi jangi edi, u bilan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qildik. Unga PFL'da omad", dedi Uayt.
Eslatib o'tamiz, o'ta engil vaznli Mokaev kecha UFC 304 turniri doirasida portugaliyalik Manel Kape bilan jang qilib, g'alaba qozongan edi.
Havola :
Manba : mma.metaratings.ru
Fikrlar