03 mar 07:43
Yangiliklar
![](/upload/storage/207960_220.jpg)
Dana Uayt hozircha Maxachevga chempionlik jangi bermaydi
"Bu mavzu muhokama qilinmoqda. Lekin men hali ham uni Beneil Dariushga qarshi jang qilishini xohlayman.
Beneil - dunyoda uchinchi raqamli (yangi reytingda to'rtinchi o'ringa tushdi - tahririyat) jangchi. Ajablanarlisi shundaki, jangdan bir hafta oldin u oyog'ini sindirib olgandi. Ammo, bu masalada hech narsa qila olmaymiz. Buni sport deyishadi. Savol muhokama qilinmoqda, lekin men hali ham bu jangni ko'rishni xohlayman", - dedi Dana Uayt.
Eslatib o'tamiz, Beneil Dariush va Islam Maxachev o'rtasidagi jang 26 fevral kuni Las-Vegasda bo'lishi kerak edi. Ammo, turnirdan bir hafta oldin Dariush jarohat oldi. Natijada rossiyalik sportchi Bobbi Gringa qarshi jang o'tkazdi va birinchi raunddayoq texnik nokaut evaziga g'alaba qozondi.
Fikrlar
Chempionlik jangiga yaqinlatmaydi dana hali beri