30 sen 17:36
Yangiliklar
Boks/MMA

Dana Uayt: "Jon Jons 10 yil oldin ichishni to'xtatishi kerak edi"
UFC prezidenti Dana Uayt Jon Jons bilan yuz berayotgan janjalli holatlar haqida gapirdi.
"Jon Jons 10 yil oldin ichishni to'xtatishi kerak edi, ammo u kechikdi. Jons Vegasga har safar kelganda shunday holat yuz beradi. Bu er u uchun juda qiyin joy. Jon Las-Vegasga kelganiga yarim kun ham bo'lmadi, ammo panjara ortiga kirishga ulgurdi.
Har safar u Las-Vegasga kelganida biz uni iloji boricha bu erda ushlab qolmaslikka intilamiz. Bu safar u oilasi bilan edi. Biz esa vaziyatni to'g'ri baholay olmadik", - dedi Dana Uayt.
Eslatib o'tamiz, bir necha kun avval Jon Jons Las-Vegas policiyasi tomonidan hibsga olingandi.
Havola :
Manba : mmajunkie.com
Fikrlar