03 iyu 20:52
Yangiliklar
Boks/MMA
Dana Uayt kechagi turnirda ishlagan UFC hakamini jiddiy tanqid qildi
UFC prezidenti Dana Uayt kecha Nyu-Jersida bo'lib o'tgan UFC 302 turnirida hakam sifatida faoliyat olib borgan Deyv Tirellining ishiga salbiy fikr bildirdi.
Deyv Tirelli UFC 302 turnirining co main event'ida - SHon Striklend va Paulo Kosta jangida ishlab, jangda Kostaning g'alaba qozonganini qayd etgan edi.
"Bu bemanilik. U umuman hakam bo'lmasligi kerak, bu yigitga janglarda hakamlik qilishi uchun ruxsat berilmasligi kerak. Bunday qarorlar bilan sen kichik ligalarda ishlashing kerak. Qanday qilib bu darajada ahmoq bo'lish mumkin? Bu insonga bunday katta janglarni boshqarishni ishonib bo'lmaydi", dedi Uayt.
Havola :
Manba : mma.metaratings.ru
Fikrlar