17 mar 12:24
Yangiliklar
Boks/MMA

Dana Uayt Konor Makgregorning qachon oktagonga qaytishini aytdi
UFC prezidenti Dana Uayt ikki vazn toifasida sobiq chempion Konor Makgregorni 2022 yilning kuzida qaytarish imkoniyatini ko'rib chiqayotganini aytdi.
“Agar uning oyog'i tuzalib mashg'ulotlarga qaytishga ruxsat olsa, ehtimol u kuzning boshida qaytishi mumkin”, - deya Dana Uayt so'zlarini keltirmoqda The Sun.
Makgregorning so'nggi jangi 11 iyul kuni UFC 264 turnirida bo'lib o'tgandi. O'sha jangda Dastin Porega mag'lub bo'lgan va oyog'idan jaroxat olgandi.
Havola :
Manba : MMAJunkie
Fikrlar