04 avg 17:40
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/79232_220.jpg)
Dana Uayt: Korme va Jons uchinchi jangni istashyapti
UFC prezidenti Dana Uayt og'ir vazn chempioni Daniel Korme hamda birinchi og'ir vaznda UFC chempioni Jon Jons uchinchi marta o'zaro oktagona chiqish istagida bo'layotganlarini malum qildi.
"Muxlislar trilogiya bo'lishini istashmoqda. Buni men ham, har ikki sportchi ham xohlayapti. Bu jangni og'ir vaznda o'tkazishni reja qilyapmiz, ammo buning imkoni yo'qdek. SHu sababli ham uchinchi jang birinchi og'ir vaznda bo'lsa kerak", - dedi Uayt.
Eslatib o'tamiz, Korme va Jons o'rtasidagi birinchi jangda Jon g'alaba qozongan edi. Ikkinchi bahs esa Jonsning doping majarosi sababli o'tkazilmagan deb tan olingandi.
Havola :
Fikrlar