14 jan 12:20
Yangiliklar
Boks/MMA

Dana Uayt Meyvezerga Konor bilan jang uchun 25 mln taklif qildi
Aralash qoidalar tashkiloti - UFC prezidenti Dana Uayt Floyd Meyvezerga ikki vaznda ilk UFC chempioni Konor Makgregor bilan jang uchun taklif qilingan ilk summani oshkor qildi.
Uayt o'zining The Herd radio efiri orqali chiqishida Meyvezer uchun 25 million dollar gonorar vada qildi.
“Floyd, men senga Konor bilan jang uchun kafolatlangan 25 million dollar gonorarni vada qilaman. Aynan shuncha summani Konor uchun taklif etaman. Translyaciyalardan tushadigan ulushni esa keyin kelishib olamiz, - dedi Dana Uayt.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar