04 jan 16:17
Yangiliklar
Boks/MMA

Dana Uayt: U avval Reyesdan o'tib olsin, keyin qolganini o'ylab ko'ramiz
UFC prezidenti Dana Uayt tashkilotning yarim og'ir vazn toifasi chempioni Jon Jonsning vazn o'zgartirishi haqida fikr bildirdi.
"Bu haqida hech narsa bilmayman. Menimcha, unga o'rta og'ir vazn ancha qulay. U dastlab Reyes to'sig'idan o'tib olishi lozim, undan keyin bu masala haqida o'ylab ko'rsak bo'ladi. Reyesga qarshi jang Jons uchun yirik bahs bo'ladi",-dedi Uayt.
Eslatib o'tamiz, Jons - Reyes jangi 8 fevral kuni UFC 247 kechasida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar