16 mar 16:19
Yangiliklar
Boks/MMA

Dana Uayt: UFC 261ga 15 ming muxlis tashrif buyurishi mumkin
UFC prezidenti Dana Uayt Jeksonvildagi UFC 261 musobaqasida 15000 nafar muxlis "VyStar faxriylari yodgorlik arenasi"ni to'ldirishi mumkinligini rasman elon qildi.
"Men bu lahzalarni butun yil davomida kutgan edim va endi sizlarga qaytib kelganimizni malum qilmoqchiman. UFC 261 turniri 24 aprel kuni Jeksonvilda to'liq muxlislar guvohligida bo'lib o'tadi.
Bu 15 ming tomoshabin jonli ravishda ko'radigan eng kuchli turnir bo'ladi", - dedi Dana.
Yarim o'rta vazn chempioni Kamaru Usman va Xorxe Masvidal o'rtasidagi revansh to'qnashuvi UFC 261 oqshomining asosiy jangi bo'ladi.
Havola :
Manba : Boxing Scene
Fikrlar