12 mar 16:19
Yangiliklar
Boks/MMA

Dana UFC'dagi eng sevimli jangchisi kim ekanligini aytdi
UFC rahbari Dana Uayt shu haqida berilgan savolga uzoq o'ylab o'tirmay javob berdi.
Tashkilot prezidenti ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregorni eng sevimli jangchisi deb hisoblaydi.
"Eng sevimli jangchim? Konor Makgregor. U janglarda ishtirok etadigan bo'lsa, butun dunyo aqldan ozadi. Bu bola jang qiladigan vaqtida odamlar shokka tushadi. U UFC'ga tezroq qaytishi va Dastinni nokautga uchratishi lozim", - dedi Dana.
Eslatib o'tamiz, Konor so'nggi jangida Dastin Porega qarshi oktagonga ko'tarilib, texnik nokaut bilan mag'lub bo'lgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar