06 apr 12:38
Yangiliklar
Futbol
Dani Alvesh ozod bo'lganidan so'ng ilk bor so'zga chiqdi
"Barselona" hamda Braziliya terma jamoasi sobiq azosi Dani Alvesh ozod bo'lganidan so'ng ilk bor fikr bildirdi.
"Har juma kuni sudga ko'rinib ketishim kerak. Bundan boshqa qiladigan ishim yo'q.
Qamoqdagi hayot? Men qaerda bo'lishimdan qatiy nazar yashab ketaman. Men hamma narsaga moslashaman, chunki odamni joy emas, balki odam joyni yaratadi. Hozir o'zimni yaxshi va xotirjam his qilyapman", — dedi Alvesh.
Eslatib o'tamiz, sud zo'rlashda ayblanib, 4,5 yilga qamalgan "Barselona" sobiq himoyachisini 1 mln. evro garov evaziga ozod qilishga rozi bo'lgan edi. Ammo futbolchining pasporti olib qo'yiladi va u har hafta sudda ko'rinish berib turishi lozim.
Havola :
Fikrlar