13 apr 11:23
Yangiliklar
Boks/MMA
Daniel Korme: "Qanday qilib bir oyoqda chempionlikni qo'lga kiritish mumkin?"
Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni, hozirda liga tahlilchisi Daniel Korme yangi zelandiyalik Karlos Ulbergning yutug'idan hayratda.
"Oqshomning eng yaxshi chiqishi uchun mening mukofotim Karlos Ulbergga beriladi. Qanday qilib bir oyoqda turib chempionlik jangida g'alaba qozonish mumkin? Sen nafaqat g'alaba qozonding, balki raqibingni nokautga ham uchratding... Tabriklayman, chempion!", - dedi Korme o'z kanalida.
Eslatib o'tamiz, Karlos Ulberg chexiyalik Irji Proxazka bilan jang boshida tizzasidan jiddiy jarohat olgan edi. SHunga qaramay, u raqibini birinchi raunddayoq nokautga uchratib, yarim og'ir vazn toifasida UFC chempionlik kamarini qo'lga kiritishga muvaffaq bo'ldi.
Bu kamar braziliyalik Aleks Pereyra og'ir vazn toifasiga o'tganidan keyin bo'sh qolgandi.

Havola :
Manba : allboxing
Fikrlar