22 iyu 10:12
Yangiliklar
Tennis

Daniil Medvedev Galle turniri finaliga chiqdi
Dunyoning 11-raketkasi Daniil Medvedev Germaniyaning Galle shahrida o'tkazilayotgan tennis turnirining finaliga yo'l oldi.
Rossiyalik tajribali tennischi 1/2 finalda dunyoning uchinchi raketkasi, germaniyalik Aleksandr Zverevni kambek evaziga mag'lubiyatga uchratdi - 7/6(3), 6/7(1), 6/4. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan 20-uchrashuvi bo'ldi. Daniil kecha 13-g'alabasini qo'lga kiritdi.
Ikki soatu 59 daqiqa davom etgan bahsda Medvedev 17, Zverev 7 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Medvedev bungacha oltita uchrashuvda Top-5 reytingidagi tennischilarga yutqazgan edi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar