03 avg 07:49
Yangiliklar
Boks/MMA

Dastin Pore: Ikki jangchining bir-biriga hurmatini ko'rdim
Amerikalik UFC jangchisi Dastin Pore 7 sentyabr kungi raqibi Xabib Nurmagomedov haqida fikr bildirdi.
"Xabib bilan ikki marta uchrashdim: birinchisi Londonda, ikkinchisi esa Vegasda. Menimcha, men hamda Xabib bir-birimizga hurmat ko'rsatdik. Har ikkimiz ham sportda ancha narsaga erishganimiz hamda g'olibni nima kutayotganini yaxshi bilamiz.
Har ikkala matbuot anjumanida ikki xavfli sportchilarning bir-biriga hurmatini ko'rdingiz. Endi 7 sentyabrni kutish qoldi, xolos”, - dedi Pore.
Havola :
Manba : MMA Fighting
Fikrlar