08 iyu 08:14
Yangiliklar
Dastin Pore ikki raqib uchun faoliyatini davom ettirishga tayyor
"Menda hali ham UFC bilan shartnoma bor, shuning uchun mening qaytishim ehtimoli yuqori. Agar menga qachonlardir UFC`dan qo'ng'iroq qilishsa yoki qulay imkoniyat tug'ilsa, buni bilib olaman. Lekin men Konor bilan urishishga tayyor edim.
Agar kimdir besh yillik tanaffusdan so'ng qaytib, eng yaxshi jangchilarni mag'lub etishga qodir bo'lsa, bu aynan Konordir! U noyob shaxs. U dahshatli odam bo'lishiga va men uni yoqtirmasligimga qaramay, Xudo unga favqulodda istedod ato etgan.
Bundan tashqari, Neyt Diaz bor va men ko'p yillardan beri uni do'pposlashni xohlayman. Biz hech qachon oktagonda uchrashmaganmiz, shuning uchun bunday jang uchun men ham qaytgan bo'lardim", - dedi amerikalik "ONE on ONE MMA"ga bergan intervyusida.
SHu dam olish kuni Las-Vegasda bo'lib o'tadigan UFC 329 turnirida Konor Makgregor besh yillik tanaffusdan so'ng faoliyatini davom ettiradi va oqshomning asosiy jangida Maks Xollouey bilan uchrashadi.

Fikrlar