01 iyu 07:43
Yangiliklar
Boks/MMA

Dastin Pore qancha muddatga janglardan chetlatildi?
Xabaringiz bor, yakshanba kuni bo'lib o'tgan UFC kechasidan so'ng Dastin Pore va uning raqibi Den Xuker shifoxonaga olib ketilgandi.
Nevada sport komissiyasi sportchilar qancha vaqt davomida jang qilmasliklarini elon qildi. Qarorga ko'ra, Pore va Xuker ikki oy davomida hech qanday janglarda ishtirok eta olmaydi.
Eslatib o'tamiz, UFC Vegas 4 kechasining markaziy jangi to'liq besh raund davom etib, ochkolar hisobiga ko'ra Dastin raqibini mag'lub etishni uddalagandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar