02 sen 15:04
Yangiliklar
Boks/MMA

Dastin Pore va CHarlz Oliveyra o'rtasidagi chempionlik jangning sanasi aniq
Engil vazn toifasida UFC chempioni CHarlz Oliveyra birinchi raqamli davogar Dastin Pore bilan jang qiladi.
MMAFighting nashrining xabar berishicha, ushbu jang UFC 269 turnirining asosiy jangi bo'ladi. Ushbu turnir 2021 yilning 11 dekabr kuni o'tkaziladi. Aynan ushbu turnirda Amanda Nunes va Julianna Penya o'rtasidagi jang ham o'tkaziladi.
Eslatib o'tamiz, CHarlz Oliveyra uchun Dastin Porega qarshi jang birinchi himoya jangi bo'ladi. Oliveyra Xabib Nurmagomedov faoliyatini tugatgach, vakant bo'lgan kamar uchun jangda Maykl CHendlerni mag'lub qilib, engil vaznda chempionga aylangandi.
Havola :
Manba : MMAFighting.com
Fikrlar