20 iyu 15:45
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/1555_220.jpg)
De La Xoyya: “Alvares va Golovkin jangi 2017 yilda o'tkaziladi”
Mashhur promouter Oskar De La Xoyyaning malum qilishicha, o'rta vazn toifasining bugungi kundagi ikki mashhur bokschisi uchta yo'nalish bo'yicha jahon chempioni qozog'istonlik Gennadiy Golovkin hamda ikki vazn toifasida sobiq jahon chempioni Saul “Kanelo” Alvares o'rtasidagi jang 2017 yilda bo'lib o'tadi.
“SHubhasiz, bu jang o'tkaziladi, - dedi Oskar. - Biz Floyd Meyvezer va Menni Pakyao o'rtasidagi jang tashkilotchiligida bo'lgani 8 yoki 10 yil kutish niyatimiz yo'q. Bu jangni albatta 2017 yilda tashkil qilamiz”.
Eslatib o'tamiz, Alvares o'zining navbatdagi jangini 17 sentyabr kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida o'tkazadi. Kaneloning raqibi birinchi o'rta vazn toifasida WBO yo'nalishi chempioni britaniyalik Liam Smit bo'ladi. Golovkin esa 10 sentyabr kuni London shahrida yarim o'rta vazn toifasida IBF chempioni Kell Brukka qarshi ringga ko'tariladi.
Havola :
Fikrlar