14 apr 14:49
Yangiliklar
Boks/MMA

De La Xoyya - Bernache jangi natijasiz tugadi
Afsonaviy Oskar De La Xoyyaning jiyani Diego De La Xoyya ishtirokidagi jang natijasiz yakunlandi.
Yarim engil vazn toifasida o'zining debyut jangini o'tkazgan kichik Oskar 30 yoshli Enrike Bernachega qarshi ringga ko'tarildi. Ikkinchi raundda bokschilar bosh bilan to'qnashib ketishdi. Natijada Bernache boshidan jiddiy jarohat oldi.
Hakamlar qaroriga ko'ra jang aynan ikkinchi raundda to'xtatilib, uning natijasi elon qilinmadi. Yani, jang o'tkazilmagan deb topildi. Diego professional boksdagi faoliyati davomida 21ta jang o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozongan. O'nta jangda raqiblarini muddatidan avval nokautga uchratgan.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar