So’nggi yangiliklar

13:23ФАКТ. Ўзбекистон сафарда Жанубий Кореяни мағлуб эта олмаган 0 12:24Дана Уайт UFC қийматини 50 млрд долларга баҳолади 0 11:43"Тарихий натижа учун мукофот йўқ" — қозоғистонлик шахматчи норозилик билдирди 0 10:35Забит Магомедшарипов RAF Wrestling Лигаси билан шартнома имзолади 0 09:42Бугун Ўзбекистон миллий терма жамоаси Корея Республикаси меҳмони бўлади 0 09:11Солт-Лейк-Ситидаги UFC 332 турнири иккита тарихий рекордни янгилади 0 08:40Бугун Жаҳон чемпионатида Элбек Тожиевга мухлислик қиламиз! 0 08:09Олимпиадада қатнашган шахматчилар Ватанга қайтишлари билан қамоққа олинди 0 07:38Миллатлар лигаси. Франция терма жамоаси Бельгияни тор-мор этди, Олиседа — дубль! 0 07:07Mangu 6 турнири учун чемпионлик жанги тасдиқланди + ПОСТЕР 0 19:55Дастин Порье Рамазон Темировни мақтаб, унга рақиб таклиф қилди 0 18:21Ўзбекистоннинг Осиё ўйинларидаги 70 та медали учун жами қанча мукофот пули тўланади? 0 17:15Фабио Каннаваро: "Терма жамоада соғлом рақобат бўлиши керак" 0 16:39Теннисчи Александра Бармичева J200 Истанбул турнирида чемпион бўлди 0 15:57UFC 335 турнирининг марказий жанги BMF камари учун бўлиб ўтади (ПОСТЕР) 0

27 sen 08:21
Yangiliklar

Boks/MMA

De La Xoyya "Kanelo"ga murabbiyni almashtirishni maslahat berdi

Saul "Kanelo" Alvaresning sobiq promouteri Oskar De La Xoyyaning fikricha, 35 yoshli meksikalik Terens Krouforddan uchralgan mag'lubiyat hamda ikkinchi o'rta vaznda mutlaq jahon chempionligidan ayrilganidan so'ng murabbiyni almashtirish vaqti keldi.

"Unga bera oladigan yagona maslahatim - yangi murabbiy topish, - dedi De La Xoyya FightHype’ga bergan intervyusida. - Men unga faoliyatini yakunlash bo'yicha maslahat bera olmayman, chunki bu juda shaxsiy masala. Lekin unga yangi usullarni o'rgatadigan yangi murabbiy topishni maslahat berishim mumkin".

"Tasavvur qiling, u dunyodagi eng yaxshi murabbiylardan biri, masalan, Ronni SHilds bilan ishlaydi. U unga oyoqlarni qanday ishlatishni, tezlik va harakatchanlikdan foydalanishni va oyoqlarda hozirgidek og'ir bo'lmaslikni o'rgatadi", - deya qo'shimcha qildi De La Xoyya. - Uning tezligi va reflekslari bilan elita raqiblarga qarshi yana bir nechta jang o'tkazish imkoniyati bor, ammo unga yangi murabbiy kerak".

Malumot uchun, Saul Alvares ko'p yillardan buyon meksikalik murabbiy Eddi Reynoso bilan hamkorlik qilib keladi. Meksikalikning navbatdagi raqibi kim bo'lishi ham hozircha nomalum. De La Xoyyaning so'zlariga ko'ra, Kroufordning g'alabasi Alvaresning boshqa top raqiblar bilan jang qilish imkoniyati yo'qligini anglatmaydi.

"Agar "Kanelo" to'g'ri raqibga ega bo'lsa va unga qarshi turib, jangni boshlasa, uni nokautga uchratadi. Yani, men "Kanelo"ni "halokatga uchragan uchuvchi" demoqchi emasman. Mutlaqo yo'q. Hamma gap raqib tanlashda va muxlislaridan so'nggi dollarni tortib olishda".

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing