25 noy 13:49
Yangiliklar
Debyut o'yinida "Ipsvich"ni yuta olmagan MYU bosh murabbiyi Amorim nimalar dedi?
Uchrashuv yakunlanganidan keyin mehmonlar ustozi Ruben Amorim debyut uchrashuvi haqidagi fikrlarini bildirdi.
"Hozirgi vaqtda bizdan nimalarnidir kutish imkonsiz. Bugungi o'yin biz uchun syurpriz bo'lmadi. Uchrashuvda futbolchilarim harakat qilganliklarini ko'rdim, ular g'alaba uchun intilishdi. Qiyin paytda ham ular biz istayotgandek o'ynashga intilishyapti.
Hozirgi holatimiz muxlislarga yoqmasligi aniq. Biroq biz asta-sekin, turdan-turga kuchayib boramiz va shundan so'ng g'alabalar keladi. Buning uchun esa malum muddat kerak bo'ladi. Bitta narsani tushunishingiz kerak, biz endigina ikkita mashg'ulot o'tkazdik.
Bugungi bahsda Onana bo'lmaganida mag'lub bo'lishimiz ham mumkin edi", — dedi Amorim.
Fikrlar