03 may 13:28
Yangiliklar
Boks/MMA

Deniel Jeykobs: Bu butun dunyoga o'zimni ko'rsatishim uchun imkoniyat!
AQSHning Las-Vegas shahrida Saul Alvares va Deniel Jeykobs o'rtasidagi jang oldidan so'nggi matbuot anjumani o'tkazildi.
Marosimda ishtirok etgan IBF chempioni Deniel Jeykobs bo'lajak jang haqida o'z fikrini bildirdi.
"Bu jang butun dunyoga o'zimni ko'rsatishim uchun berilgan imkoniyat. Men o'zim haqimda ko'p gapirmayman, barchasini ringda ko'rsataman. Qiziqarli jang bo'ladi degan umiddaman. Men g'alaba qozona olaman.
Jismoniy tayyorgarligim ajoyib, shuningdek ruhiy holatim ham joyida. Kanelo Meyvezerga qarshi jangdan so'ng (Alvares va Meyvezer jangi 2013 yil bo'lgan) jismoniy holati ideal bokschi bilan jang qilmadi. Men hozir aynan shunday holatdaman. Uni mag'lub etishga kuchim etadi", - dedi Jeykobs.
Havola :
Manba : BoxingScene
Fikrlar