04 fev 13:05
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/8400_220.jpg)
Denni Grin 10 yil avvalgi mag'lubiyat uchun revansh oldi
Avstraliyada navbatdagi professional boks kechasi tashkil etildi.
Qiziqarli va o'ziga xos janglarning birida ikkinchi o'rta vazn toifasida sobiq jahon chempioni 41 yoshli Entoni Mandayn yarim og'ir vaznda yana bir sobiq chempion 43 yoshli Denni Gringa qarshi ringga ko'tarildi.
Jang g'olibi hakamlarning bergan bahosiga ko'ra aniqlandi. Hakamlarning ikki nafari 98-90 va 96-94 hisobida Grinni g'alabasini taminladi. Uchinchi hakam 94-94 hisobida durang natija qayd etilganini bildirdi.
Etiborlisi, Grin ushbu g'alabasi evaziga bundan 10 yil avvalgi mag'lubiyat uchun munosib tarzda revansh oldi. O'n yil avvalgi jangda Mandayn hakamlar qaroriga ko'ra g'alaba qozongan edi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar