14 jan 14:49
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/26655_220.jpg)
Deontey Uaylder 30 kunlik qamoq jazosiga mahkum qilindi
Superog'ir vazn toifasida WBC yo'nalishi chempioni Deontey Uaylder shartli ravishdagi 30 kunlik qamoq jazosiga mahkum qilindi.
Amerikalik jahon chempioni marixuana saqlagani uchun shunday jazoga tortilgan. Bundan tashqari, Uaylder 60 soat jamoat ishlariga jalb qilinadi.
O'tgan yilning iyun oyida bokschi Tuskalus shahrida policiya tomonidan to'xtatilganida mashinasida marixuana narkotik moddasi topilgan edi. O'shanda Uaylder 1000 dollar garov evaziga qo'yib yuborilgandi.
Havola :
Fikrlar