26 mar 15:15
Yangiliklar
Boks/MMA

Deontey Uaylder: Fyuri revanshga rozi bo'lishi kerak edi
Professional boksning superog'ir vazn toifasida WBC yo'nalishi chempioni Deontey Uaylder britaniyalik Tayson Fyurining navbatdagi jangi xususida fikr bildirdi.
Hozircha mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan Fyuri 15 iyun kuni o'zi singari mag'lubiyatga uchramagan germaniyalik Tom SHvarcga qarshi ringga ko'tariladi.
“Fyuri revanshga rozi bo'lmay, o'zining qo'rqoqligini namoyish qildi. Agar u chindan ham meni mag'lub etishiga ko'zi etganida takroriy jangimizga rozi bo'lardi. Birinchi jangda men yaqqol ustunlik bilan g'alaba qozongandim. SHu sababli ham hech ikkilanishsiz unga revansh bergandim. Lekin u bu taklifni qabul qilmadi”, - deya Uaylderning so'zlarini keltirmoqda Boxing Scene.
Eslatib o'tamiz, Deontey Uaylder o'z chempionlik kamarini 18 may kuni Dominik Brizildan himoya qiladi.
Havola :
Manba : BoxingScene
Fikrlar