09 mar 17:52
Yangiliklar
Boks/MMA

Deontey Uaylder ham DAZN bilan shartnoma imzolaydi
Superog'ir vazn toifasida WBC yo'nalishi chempioni Deontey Uaylder ham DAZN striming servisi bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi.
Kelasi hafta Uaylder va uning jamoasi DAZN ijrochi direktori Jon Skipper bilan muzokara o'tkazadi. DAZN rahbariyati Uaylderga bir nechta jang uchun kafolatlangan 20 million dollarlik gonorar taklif qilgan. Deonteyning o'zi ham muzokara o'tkazilishini tasdiqladi.
"Tez orada Joshuaga qarshi jangim bo'lib o'tadi. Superog'ir vaznda birgina chempion, yagona nom qoladi. Promouter Eddi Xirnni bu ishlarga aralashtirmaymiz. U aralashgan ish pishmaydi. Showtime menga yoqadi. Lekin o'zim, jamoam va oilam uchun eng yaxshi variantni tanlayman", - dedi WBC chempioni Uaylder.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar