28 jan 14:02
Yangiliklar
Boks/MMA

Deontey Uaylder: Ikki hafta ichida Fyuri bilan jangimiz elon qilinadi
Professional boksning superog'ir vazn toifasida WBC yo'nalishi chempioni Deontey Uaylder muxlislariga vada berdi.
Amerikalik bokschining aytishicha, uning sobiq jahon chempioni, hozircha mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan britaniyalik Tayson Fyuriga qarshi revansh jangi ikki hafta ichida anons qilinar ekan.
“Tez orada, juda ham tez kunlarda sizlar Tayson Fyuri bilan bo'lib o'tishi rejalashtirilayotgan revansh jangimiz haqida malumotga ega bo'lasizlar. Taxminan ikki hafta ichida hammasi oshkor bo'ladi. Asosiy masalalar bo'yicha kelishib oldik. Hozir tomonlar jangning mayda detallari yuzasidan gaplashishyapti”, - dedi Uaylder.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar