02 dek 16:58
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/49679_220.jpg)
Deontey Uaylder: Ikkita nokdaun, albatta, men g'alaba qozondim. Revansh bo'ladimi?
Superog'ir vazn toifasida WBC chempioni amerikalik Deontey Uaylder britaniyalik Tayson Fyuriga qarshi o'tkazilgan jang haqida fikr bildirdi.
Xabaringiz bor, bugungi o'n ikki raundga mo'ljallangan jangda hakamlar durang natija qayd etilganini o'z qarorlari bilan qayd etishgandi.
“SHubhasiz, ikkita nokdaun bilan bugungi jangda g'alaba qozondim. Tayson jangni nazorat qildi, degan fikrdan yiroqman. Uning zarbalari meni xatto muvozanatdan ham chiqara olmadi.
Bilmadim, revansh jangi bo'ladimi yoki yo'q. Lekin men bu jang o'tkazilishini juda ham xohlardim. Biz buni takrorar amalga oshirishimiz kerak. Fyuri ham bunga qarshi bo'lmasa kerak”, - dedi Uaylder.
Havola :
Fikrlar