18 noy 12:03
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/22862_220.jpg)
Deontey Uaylder Meyvezerning rekordini yangilamoqchi
Professional boksning superog'ir vazn toifasida eng nufuzli hisoblangan WBC yo'nalishi chempioni Deontey Uaylder afsonaviy Floyd Meyvezerga tegishli bo'lgan rekordni yangilashga ahd qildi.
Bu malumotni amerikalik chempionning murabbiyi Jey Diz ham tasdiqladi. Uning aytishicha, Uaylder superog'ir vaznda 50 ta g'alabaga erishgan birinchi bokschiga aylanmoqchi.
Aynan shuncha g'alabaga amerikalik Floyd Meyvezer ham erishgan. Faqat Floyd hozircha so'nggisi bo'lib turgan 50-jangini aralash qoidalar bo'yicha UFC chempini Konor Makgregorga qarshi o'tkazgan edi. Lekin o'sha jang boks qoidalari asosida tashkil etilgandi.
Malumot uchun, Uaylder hozircha faoliyati mobaynida 39
ta jang o'tkazgan bo'lib, ularning barchasida g'alabaga erishgan.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar