08 apr 19:19
Yangiliklar
Boks/MMA

Deontey Uaylder: Muhimi, Joshua va Fyuri bilan muzokara davom etmoqda
Superog'ir vaznda WBC chempioni Deontey Uaylder ko'pchilikni qiziqtirgan mavzu bo'yicha berilgan savolga javob qaytardi.
Amerikalik bokschi WBA, IBF va WBO yo'nalishlari chempioni Entoni Joshuaga qarshi jang albatta o'tkazilishi, lekin bu voqea bu yil bo'lmasligini aytdi.
"Bu katta savol. Joshua va uning jamoasi ushbu jang 2020 yili o'tkazilishi aytishdi. Men ham shu so'zlarni takrorlayman. Muhimi, divizionning uch etakchisi muzokaralarni davom ettirmoqda. Faqat jang muxlislar istagan vaqtda o'tkazilmaydi. Keyin men gonorar teng bo'lingan taqdirdagina bu jangga rozi bo'laman", - dedi Uaylder.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar