21 dek 07:54
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/25160_220.jpg)
Deontey Uaylder: “Ortisni to'rtinchi raundda nokautga uchrataman”
Superog'ir vazn toifasida WBC yo'nalishi chempioni Deontey Uaylder kubalik Luis Ortisga qarshi o'tkazilishi kutilayotgan jang oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Avvalroq ushbu jangning 3 mart kuni AQSHning Bruklin shahrida o'tkazilishi mumkinligi aytilgandi.
“Men Ortis bilan gaplashdim va qachon jang o'tkazishini so'radim. U hozir senga qarshi ringga chiqishga tayyorman, dedi. SHu bois, imkon qadar tezroq ushbu jang shartnomasiga imzo chekishni istayman. Uni uzog'i bilan to'rtinchi raundda nokautga uchrataman”, – dedi Uaylder.
Eslatib o'tamiz, bu ikki bokschi o'rtasidagi jang 4 noyabr kuni o'tkazilishi rejalashtirilgandi. Lekin jang oldidan Ortis doping testdan o'ta olmagan edi. Keyin esa kubalik bokschi dopingdan forig' bo'lib, Daniel Martcni mag'lubiyatga uchratdi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar