16 apr 16:17
Yangiliklar

Deontey Uaylder: Pulning ortidan quvadigan inson emasman
"Men Tayson Fyuri va Entoni Joshua bilan jang qilmasam afsuslanmayman. Bazi bir bokschilarga o'xshab aytilgan ishni qilmayman. Men o'zimga to'g'ri deb bilgan ishlarni bajarishga odatlanganman. O'z istagimni aytaman, ular esa bajarishadi. Bu mening boshqa bokschilardan farqim. Tez orada men eng ko'p pul topadigan bokschiga aylanaman. Gapim yolg'on bo'lib ko'rinishi mumkin, lekin tez orada bunga o'zingiz guvoh bo'lasiz.
DAZN menga noto'g'ri shartnoma taklif qildi. Men kelajagim to'g'risida to'liq malumotga ega bo'lmasam, hech qachon shartnoma imzolamayman. Men pulning ortidan quvadigan inson emasman. Ular bir dunyo pul berib, meni ergashib ketadi deb o'ylashdi. Ammo, ular qattiq adashishdi", - dedi Uaylder.
Eslatib o'tamiz, DAZN Uaylderga 100 million dollarlik shartnoma taklif qilgan edi.
Fikrlar