29 noy 11:39
Yangiliklar

Deontey Uaylder: Tayson Fyurining davri o'tgan
Xabaringiz bor, 1 dekabr kuni AQSHda bu ikki bokschi o'rtasidagi chempionlik jangi bo'lib o'tadi. Los-Anjeles shahrida o'tgan matbuot anjumani bokschilar va ularning jamoadagilari o'rtasidagi daxanaki jangga aylanib ketdi.
- Tayson Fyurining davri allaqachon o'tgan. Mening timsolida Amerika butun dunyoga kuchli bokschiga ega ekanligi bilan bemalol maqtana oladi. Men Amerikaga chempionlik kamarimni olib ketgani kelgan bokschiga mehnat bilan topganlarimni shunchaki berib yuboradigan insonga o'xshaymanmi?
Fyurida meni mag'lub eta oladigan salohiyat yo'q, bunga men 200 foiz aminman. Uning so'nggi raqibi xohlaganicha zarba berdi. Tayson meni nokaut qiladigan darajada kuchgan ega bo'lganida birinchi galda so'nggi raqibini nokaut bilan yutgan bo'lardi. Xullas, yagona chempion, bitta ism, bu men intilayotgan narsalar, - dedi Uaylder.
Fikrlar