01 mar 13:09
Yangiliklar
Boks/MMA

Deontey Uaylder: Urush endi boshlandi!
Superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Deontey Uaylder muxlislariga murojaat bilan chiqdi.
"Barcha muxlislarimga salom. Men butun dunyodagi muxlislarimga murojaat qilyapman. Men yo'qolib qolmadim va bundan keyin ham hamisha oxirigacha kurashaman. Biz hech qaerga ketmaymiz. Yana cho'qqiga chiqaman. Kuchliman!
Men qirol va jangchiman, qirollar esa hech qachon taslim bo'lishmaydi. O'lgunimgacha kurashaman va kamarimni qaytarib olishga vada beraman. Bir necha oydan keyin ko'rishguncha, urush endi boshlandi", - dedi Uaylder.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar