05 sen 17:26
Yangiliklar
Boks/MMA

Derek Branson – Adesanyaga: "Sen – keyingisisan, bolakay!"
O'rta vaznda UFC jangchisi Derek Branson bugungi yorqin g'alabasidan so'ng vazn chempioni Israel Adesanyaga "vyzov" tashladi.
Branson bugun UFC Fight Night 191 turnirining markaziy jangida Darren Tillni bo'g'ish usuli bilan muddatidan avval mag'lubiyatga uchratgan edi.
"Nima gap, bolakay? Israel Adesanya, eshityapsanmi, men yozi bilan bekorga shuncha ter to'kmadim. Sen – keyingisisan, bolakay!", – deydi Branson.
Eslatib o'tamiz, Adesanya 2018 yilning noyabr oyida o'tkazilgan UFC 230 turnirida Bransonga qarshi jang qilgan va birinchi raundning o'zida raqibini nokautga uchratgan edi.
Havola :
Fikrlar