21 iyu 08:44
Yangiliklar
Boks/MMA

Derek CHisora raqibini chuqur nokautga uchratdi
Xabar berganimizdek, Buyuk Britaniyaning London shahridagi O2 arenasida professional boks kechasi o'tkazildi.
Oqshomning qiziqarli janglaridan yana bir superog'ir vazn toifasida o'tkazilib, unda britaniyalik taniqli bokschi Derek CHisora polshalik Artur SHpilkaga qarshi ringga ko'tarildi. Bu Derekning prof ringdagi 40-jangi edi.
Jang muddatidan ancha avval yakunlandi. Ikkinchi raundning birinchi daqiqasida CHisora ketma-ket yo'llangan zarbalar seriyasini nokaut bilan yakunladi. O'ng tomondan berilgan xuk zarbasidan so'ng SHpilka chuqur nokautga uchradi.
Havola :
Fikrlar