16 apr 10:31
Yangiliklar
Boks/MMA

Derek CHisora: Usik og'ir vazn bokschilarga dahshatli ko'rinadi
Superog'ir vazn toifasidagi bokschi Derek CHisora birinchi og'ir vaznda mutloq jahon chempioni Aleksandr Usik borasida fikr bildirdi.
“Usik og'ir vazn uchun kerakli vaznni yig'ib olganidan so'ng barcha og'ir vazndagi bokschilar uchun dahshatli bo'lib ko'rinadi. Uning kuchli zarbasi bor va ajoyib texnikaga ega. U bu vazn toifasi uchun juda tezkor.
Uni mag'lub etish uchun boks qoidalarini biroz buzish kerak bo'ladi. Hech bo'lmaganida belining past qismiga zarba berish kerak”, - dedi CHisora.
Havola :
Fikrlar