20 iyu 16:02
Yangiliklar
Boks/MMA
Devid Benavides faoliyati yakunlanguniga qadar kim bilan jang qilishni xohlashini aytdi
WBC yo'nalishi bo'yicha yarim og'ir vazn toifasi chempioni Devid Benavides kelajakda rossiyalik Artur Beterbievga qarshi jang qilishni istashini malum qildi.
"Bu men albatta o'tkazishni xohlaydigan jang. Boshqalarga nimanidir isbotlash uchun emas, balki o'zimga haqiqatan ham dunyodagi eng yaxshi bokschi ekanimni ko'rsatish uchun. CHunki u juda kuchli va katta tajribaga ega bokschi.
Yaxshi tomoni shundaki, hozir odamlar mening ismimni Beterbiev va Bivol bilan bo'lishi mumkin bo'lgan janglar kontekstida tilga olishmoqda. Bu janglar albatta bo'ladi, ammo avval yangi shartnoma imzolayman va keyin navbatdagi jangimni o'tkazaman", — dedi Benavides The Ring nashriga.
Havola :
Manba : The Ring
Fikrlar