19 mar 13:40
Yangiliklar
Boks/MMA

Devid Xey: Joshua uzog'i bilan uch raundda masalani hal qiladi
Ikki vazn toifasida sobiq jahon chempioni Devid Xey Entoni Joshua va Kubrat Pulev o'rtasida o'tkaziladigan chempionlik jangi haqida fikr bildirdi.
Xabaringiz bor, superog'ir vaznda WBA, WBO, IBF va IBO yo'nalishlari chempioni britaniyalik Entoni Joshua IBF kamariga rasmiy davogar bo'lib turgan bolgariyalik Kubrat Pulevga qarshi ringga ko'tariladi.
"Joshuaning imkoniyatlari ancha baland. U har narsaga qodir. Entoniga jangni o'z foydasiga hal qilish uchun ikki-uch raund etadi. Uning jismoniy holati ancha yuqori", - deya Xeyning so'zlarini keltirmoqda Boxing Scene.
Eslatib o'tamiz, Joshua - Pulev jangi 20 iyun kuni o'tkaziladi.
Havola :
Manba : isport
Fikrlar