05 mar 12:20
Yangiliklar
Boks/MMA

Devid Xeyning biroz kutilmagan mag'lubiyati
Buyuk Britaniyaning London shahrida professional boks kechasi bo'lib o'tdi.
Oqshomning markaziy jangi superog'ir vazn toifasida o'tkazilib, unda mezbonlar vakili Devid Xey raqibi Toni Bellyuga qarshi ringga ko'tarildi.
O'n ikki raundga mo'ljallangan jang muddatidan biroz erta yakunlandi. O'n birinchi raundda Bellyu raqibini nokdaun holatiga tushirib qo'ydi. Xeyning murabbiylari bu vaziyatda ringga taslim bo'lganlikni bildiruvchi oq sochiq irg'itishdi.
Devidning mag'lubiyatiga uning jarohati ham sabab bo'ldi. Jangdan bir hafta avval u mashg'ulotda jarohat olgan edi. Lekin jangni qoldirmaslik uchun o'zida kuch topgandi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar