07 fev 21:18
Yangiliklar
"Devis kubogi". Nigeriya va O'zbekiston o'rtasidagi ilk kungi uchrashuvlar yakunlandi
Ilk kungi o'yinlar doirasida mamlakatimizning ikkinchi raketkasi Humoyun Sultonov (ATP-615) Abua Kanisega qarshi kortga chiqdi. 1 soat, 51 daqiqa davom etgan uchrashuvda Sultonov 6/3, 6/4 hisobida o'z g'alabasini taminladi.
Ikkinchi bahsda esa afsuski, Abdulaziz Usmonjonov (ATP-1933) Daniel Adeleyega imkoniyatni boy berib qo'ydi — 6/4, 2/6, 4/6.
SHu tariqa, dastlabki kungi bellashuvlardan so'ng Nigeriya va O'zbekiston o'rtasidagi hisob 1:1 ko'rinishiga keldi. Qayd etish joiz, bugun kortga chiqqan nigeriyalik tennischilarning ikkisi ham dunyo reytingidan o'rin olmagandi.
Ertangi o'yinlar ro'yxati:
Maykl Emmanuel/Yusuf Abubakar — Ilya Ignatov/Suxrob Saidov
Daniel Adeleye — Humoyun Sultonov
Abua Kanise — Abdulaziz Usmonjonov.
Fikrlar