05 jan 14:01
Yangiliklar
Tennis
Devis kubogi. O'zbekiston terma jamoasining raqibi malum
Tennis bo'yicha erkaklar terma jamoalari orasida norasmiy Jahon chempionati hisoblanmish "Devis kubogi" musobaqasining II Jahon guruhi juftliklari malum bo'ldi.
O'zbekiston terma jamoasi o'tgan yilning sentyabr oyida II Jahon guruhi pley-off bosqichida Gongkongga mag'lub bo'lib, guruhda qolib ketgandi.
Endi vakillarimiz I Jahon guruhiga chiqish uchun Nigeriya sinovidan o'tishi kerak bo'ladi. O'yin 6-8 fevral kunlari oralig'ida Nigeriyada bo'lib o'tishi belgilangan.
Jamoalar shu kungacha o'zaro o'yin o'tkazmagan.
Nigeriya terma jamoasi o'tgan yilning avgust oyida III Afrika guruhida Jazoir, Zimbabve hamda Senegal ustidan g'alaba qozonib, keyingi bosqichga yo'llanmani yutib olgandi.
Malumot uchun, O'zbekiston terma jamoasi "Devis kubogi" reytingida ayni damda 49-o'rinni egallab turibdi. Nigeriya esa bu reytingda 74-o'rinda qayd etilgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar