14 sen 15:45
Yangiliklar
Tennis

"Devis kubogi". Terma jamoamiz birgina tennischisi ATP reytingining yuqoriroq pog'onasidan joy olgan Gongkongga ham mag'lub bo'ldi
Tennis bo'yicha O'zbekiston erkaklar terma jamoasi "Devis kubogi" musobaqasidagi navbatdagi o'yinlarini o'tkazdi.
Hamyurtlarimiz II Jahon guruhining ilk bosqichida Gongkong mehmoni bo'lishdi.
Kechagi o'yinlardan keyingi hisob 1:1 ko'rinishida edi.
Bugun bo'lib o'tgan uchrashuvlarda CHun Xun Vong/Koulman Vong juftligi Sergey Fomin va Humoyun Sultonovni 7/5, 7/6 hisobida taslim etdi. Koulman Vong va Humoyun Sultonov o'rtasidagi hal qiluvchi bellashuvda esa gongkonglik tennischi 6/2, 6/2 hisobida g'alabani o'ziniki qildi.
SHunday qilib, Gongkong terma jamoasi vakillarimizni 3:1 hisobida dog'da qoldirdi va I Jahon guruhi uchun pley-off bosqichi yo'llanmasiga ega chiqdi. Endi raketka ustalarimiz 2026 yil fevral oyida II Jahon guruhida qolish uchun pley-off bosqichida bahs olib borishadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar