30 jan 10:57
Yangiliklar
Tennis
"Devis kubogi". Terma jamoamizning Nigeriyaga qarshi o'yin uchun tarkibi malum. Afrikaga etakchi tennischimizsiz boramiz
7-8 fevral kunlari Nigeriyaning Lagos shtati, Lagos orolida joylashgan Lagos Lawn Tennis Club majmuasida tennis bo'yicha erkaklar o'rtasidagi jamoaviy "Devis kubogi" musobaqasi o'tkaziladi.
Unda O'zbekiston terma jamoasi II Jahon guruhi doirasida mezbon Nigeriyaga qarshi bahslarda kortga chiqadi. Tashkilotchilar o'yinlar uchun har ikkila jamoa tarkiblarini elon qildi. Qizig'i, terma jamoamiz tarkibidan mamlakatimizning birinchi raketkasi Sergey Fomin o'rin olmadi. Nigeriya safida esa jahon reytingidagi biror tennischini uchratmaysiz.
Nigeriya ("Devis kubogi" reytingida 74-o'rinda):
Daniel Adeleye
Abua Kanise
Maykl Emmanuel
Oparaoji Uchenna
Yusuf Abubakar.
O'zbekiston ("Devis kubogi" reytingida 49-o'rinda):
Humoyun Sultonov (ATP reytingida 581-o'rinda)
Ilya Ignatov (ATP reytingida 1945-o'rinda)
Abdulaziz Usmonjonov (ATP reytingida 1945-o'rinda)
Suxrob Saidov.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar