12 avg 09:20
Yangiliklar
Boks/MMA

Devon Aleksandr ikki yillik tanaffusdan so'ng ringga chiqadi
Ikki vazn toifasida sobiq jahon chempioni 30 yoshli Devon Aleksandr ikki yillik tanaffusdan so'ng o'z faoliyatini qayta tiklaydi.
Devon 3 oktyabr kuni Uolter Kastiloga qarshi ringga ko'tariladi. Aleksandr o'zining so'nggi jangini 2015 yilning oktyabr oyida o'tkazgan edi.
O'shanda u hakamlarning qaroriga ko'ra Aaron Martinesga ochkolar hisobi bo'yicha imkoniyatni boy berib qo'ygandi. Ungacha 2014 yilning dekabrida Amir Xanga ham yutqazgandi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar