09 iyu 14:23
Yangiliklar
Futbol

"Deyarli har kuni yig'lardim"
"Tottenxem" klubi va Janubiy Koreya terma jamoasi sardori Son Xyon Min 15 yoshida vatanidan Germaniyaga ketgan paytlari haqida aytib o'tgan so'zlarini keltirib o'tamiz.
"Men Janubiy Koreyani 15 yoshimda tark etganman. Men ota-onam oldidan Germaniyaga ketganman. U erda mutlaqo boshqa til edi.
Deyarli har kuni yig'lardim... Juda charchardim va yolg'iz edim. Juda xafa bo'lardim. Yig'lardim, lekin baribir buni qilishni xohlardim, chunki bu mening orzum edi.
Qachonki qiyin vaqt kelganda, unga qarshi yuzma-yuz tura olish kerak", - degan Son Xyon Min.
Eslatib o'tamiz, Son 2008 yildan 2010 yilgacha "Gamburg U-17", "Gamburg U-19" va "Gamburg 2" jamoalaridan asosiy jamoagacha ko'tarilgan. "Gamburg"ning asosiy jamoasidagi 3 yillik faoliyatdan keyin 2013 yil "Bayer"ga, oradan ikki yil o'tib esa "Tottenxem"ga borgan.
Havola :
Fikrlar