06 okt 14:45
Yangiliklar
Futbol
Di Mariya Messidan o'zib ketdi
Argentinalik futbolchi Anxel Di Mariya CHempionlar Ligasi eng yaxshi asistentlari qatorida Messini ortda qoldirdi.
"Yuventus" yarim himoyachisi ECHLning guruh bosqichi 3-turi doirasida Isroilning "Makkabi" Xayfa jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvda (3:1) 3 ta golga hammualliflik qildi.
SHu tariqa, Di Mariya musobaqadagi umumiy assistlari sonini 38 taga etkazib oldi va bu borada ikkinchi o'rinda turgan PSJ hujumchisi Lionel Messidan o'tib ketdi. Hamyurtining hisobida ayni paytda 37 ta samarali uzatma mavjud.
Jamoadoshlarini golli to'p bilan taminlashda CHempionlar Ligasida "Manchester Yunayted" yulduzi Krishtianu Ronaldu peshqadamliq qilmoqda. U 42 marta assist qayd etgan. Ushbu ro'yxatning 4-pog'onasida 32 ta uzatma bilan PSJning yana bir vakili braziliyalik Neymar bormoqda.
Havola :
Manba : UEFA
Fikrlar