29 sen 15:52
Yangiliklar
Futbol

Dibala Messi va Ronalduni solishtirdi
"Yuventus" va Argentina terma jamoasi hujumchisi Paulo Dibala Italiya klubidagi jamoadoshi Krishtianu Ronaldu va hamyurti Lionel Messi haqida fikr bildirdi.
"Men Messi va Ronaldudan futbol sirlarini o'rganayotgan dunyodagi yagona futbolchiman. Ular orasida farq yo'q, chunki ularning ikkisi ham juda kuchli futbolchilar.
Krishtianu Ronaldu bilan ishlashda uning g'alabaga bo'lgan chanqog'idan, mashg'ulotlarga yondoshishidan hayron bo'ldim. Albatta, bunday futbolchi jamoangizda to'p tepsa, boshqalar gol urish uchun kamroq imkoniyatga ega bo'ladi, ammo eng asosiysi - jamoaning g'alabasi" - deydi Dibala.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar