07 jan 17:09
Yangiliklar
Futbol
Dide Desham Franciya termasini 2026 yilgacha boshqaradi
Franciya terma jamoasi ustozi Dide Desham bilan shartnoma muddati uzaytirildi.
Franciya futbol federaciyasi Dide Desham bilan hamkorlikni davom ettirishini elon qildi. Mutaxassisning endigi shartnomasi 2026 yilning iyun oyigacha mo'ljallangan.
Desham “uch ranglilar” terma jamoasini 2012 yilda qabul qilib olgan edi. Uning boshchiligida mamlakat bosh jamoasi 2018 yilgi Jahon CHempionati va 2021 yilgi Millatlar Ligasida g'olib bo'ldi, shuningdek ular 2016 yilda Evropa CHempionati va 2022 yilda Jahon CHempionati finaliga qadar etib bordilar.
Desham qo'l ostida terma 139 ta o'yin o'tkazdi va 89 ta o'yinda g'alaba qozonib 22 o'yinda mag'lub bo'ldi.
Havola :
Fikrlar