05 noy 10:25
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/22046_220.jpg)
Dillashou nokaut evaziga chempionlik kamarini qaytarib oldi
AQSHning Nyu-York shahrida aralash qoidalar bo'yicha UFC 217 shousi bo'lib o'tdi.
Oqshomning markaziy jangida engil vazn toifasida UFC chempioni Kodi Garbrandt sobiq jahon chempioni Ti Jeya Dillashouga qarshi oktagonga ko'tarildi.
Birinchi raundning so'nggi soniyalarida Garbrandt Ti Jeyni nokdaun holatiga tushirib qo'ydi. Faqatgina raundning yakunlanib qolgani Dillashou foydasiga xizmat qildi. Ikkinchi raundda xuddi shunday holatga endi Garbrandt tushib qoldi.
Oyoqda berilgan bu zarbadan so'ng Ti Jey muvaffaqiyatini rivojlantirish maqsadida ketma-ket kuchli zarbalarni yog'dirdi. Natijada referi jangni to'xtatishga majbur bo'ldi. Bu bilan Ti Jey Dillashou engil vaznda UFC chempionlik kamarini qaytarib oldi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar